“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bolalarda bank va biznes sohasidagi malakalarini oshirish maqsadida o‘zining ijtimoiy sahifalari orqali “Kichik iqtisodchi” ruknini yo‘lga qo‘ymoqda.
Mazkur rukn ostida bolalarni qanday qilib va nima sababdan moliya-iqtisod asoslariga o‘rgatish yoki qanday qilib biznesmen bo‘lishi haqida hikoya qilinadi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali har hafta sizning farzandingizga qanday qilib iqtisodiy asoslarni tushuntirish va moliya-bank yo‘nalishiga to‘g‘ri munosabat o‘rnatish kerakligini tushuntirib boramiz.
Shu bilanbirga, biz turli o‘yinlar orqali bolalarni “Moliyaviy savodxonlik” ko‘nikmalariga o‘rgatishgaharakatqilamiz. Bunday qiziqarliruknningyo‘lgaqo‘yilishi, bolalarga puldan foydalanish va tejash bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni egallashga hamda bank va biznes sohasidagi qiziqarli maslahatlar bilan farzandlaringiz o‘z mablag‘larini oqilona boshqarishlariga imkon beradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda faol bo‘ling hamda farzandlaringizning bank va biznes yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqishi ortishiga o‘z hissangizni qo‘shing.