Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bank xizmatlar sifatini oshirishda “Sirli mijoz” metodini qo‘llash o‘z samarasini bermoqda

Yangilangan sana: 16 Oktabr 2020, 10:38
Bank xizmatlar sifatini oshirishda “Sirli mijoz” metodini qo‘llash o‘z samarasini bermoqda
15 Okt 2020

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank faoliyatidan qoniqish darajasi hamda xodimlarning kasbiy malaka mahoratlarini oshirish maqsadida tashqi marketing kompaniyasi tomonidan “Sirli mijoz” uslubida baholash yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 12-14 oktabr kunlari Bosh bank binosida Bankning Amaliyot boshqarmasi va “Toshkent” filiali uchun “Sirli mijoz” usuli bo‘yicha amalga oshirilgan navbatdagi baholash tizimi natijalari yuzasidan Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti, O‘quv markazi va tashqi marketing kompaniyasi ishtirokida masofaviy videokonferensiya tashkil etildi.

IMG_4532.JPG

Videokonferensiyada Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Oybek Do‘stmuhamedov va tashqi marketing kompaniyasi rahbari Shuhrat Zokirov xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi va bank mijozlari bilan muomala qilish etiketi darajasi borasida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari tahlili, shuningdek xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Bundan tashqari, videokonferensiya ishtirokchilari suhbat davomida mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni olishdi.

Bankda “Sirli mijoz” usulining qo‘llanilishi va filiallar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining doimiy ravishda nazorat qilib borilishi, ularning samarali faoliyatida muhim asos hisoblanadi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1136
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech