Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

G‘oliblar taqdirlandi

Yangilangan sana: 3 Noyabr 2020, 16:44
G‘oliblar taqdirlandi
3 Noy 2020

Joriy yilning 30 oktabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Butunjahon jamg‘arish kuni” munosabati bilan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

2.JPG

Ma’lumki, dunyo bo‘ylab 31 oktabr - “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2020) sifatida belgilangan. Ushbu sana arafasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan “Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda yoshlarning o‘z mablag‘larini jamg‘arish” haqidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltiruvchi “Mening jamg‘arma seyfim” va “Mening unikal omonatim” mavzusida bank ijtimoiy tarmoqlari orqali insholar va rasmlar tanlovlari tashkil etildi.

3.JPG

Tanlovda ko‘plab yoshlar o‘zlarining fotosuratlari, chizgan rasmlari va insholari bilan ishtirok etdilar. Hay’at a’zolari tomonidan o‘quvchi va talabalar tomonidan taqdim etilgan materiallar saralanib, g‘oliblar aniqlandi.

4.JPG

“Mening jamg‘arma seyfim” rasmlar tanlovida Topilova Sevinch (223-maktab 8-sinf o‘quvchisi), Muxammedyarov Daniyar (300-ixtisoslashgan maktab 2-sinf o‘quvchisi), Bilolov Sodiqjon (245-maktab 3-sinf o‘quvchisi) va “Mening unikal omonatim” insholar tanlovida Yarashev Diyor (Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-kurs talabasi), Nurillo Tuxtasinov (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 4-kurs talabasi), Usmonova Gulasal (O‘zbekiston Milliy universiteti 2-kurs talabasi) g‘olib deb topildi va ularga bankning esdalik sovg‘alari topshirildi.

5.JPG

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi yosh ijodkorlarni g‘olib bo‘lganlari bilan chin dildan muborakbod etadi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 841
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech