Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Amaliy videokonferensiyalar o‘z natijasini beradi

Yangilangan sana: 30 Noyabr 2020, 10:40
Amaliy videokonferensiyalar o‘z natijasini beradi
5 Noy 2020

Joriy yilning 3 noyabrida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankning O‘quv markazi va Valyuta ayirboshlash amaliyotlari maxsus boshqarmasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” mavzusida navbatdagi o‘quv amaliy videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur videokonferensiyada bankning barcha filiallaridan jami 92 nafar xodim ishtirok etdi.

Videokonferensiyada Valyuta ayirboshlash amaliyotlari maxsus boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Salixov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020 yil 29 avgustdagi 18/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari” to‘g‘risidagi qaroriga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, qarorga asosan kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar, shikastlangan valyutalar va ularning qalbakisidan ajratish yo‘llari, qalbaki valyuta olib kelgan mijozga ko‘riladigan choralar, shu jumladan valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobdorlik va javobgarlik hamda mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish kabi masalalar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

IMG_4974.JPG

Vebinar yakunida valyuta operatsiyalari bo‘limlari xodimlari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari bo‘limlari boshliqlari hamda tegishli mutaxassislar bu sohada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro malaka almashdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Albatta, bu kabi vebinarlarning doimiy yo‘lga qo‘yilishi bank xodimlari malakasini oshirish va mijozlarga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatilishida o‘z samarasini beradi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 928
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech