Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Sirli mijoz” metodini qo‘llash o‘z samarasini bermoqda

Yangilangan sana: 1 Dekabr 2020, 11:43
“Sirli mijoz” metodini qo‘llash o‘z samarasini bermoqda
17 Noy 2020

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank faoliyatidan qoniqish darajasi hamda xodimlarning kasbiy malaka mahoratlarini oshirish maqsadida tashqi marketing kompaniyasi tomonidan “Sirli mijoz” usulida baholash yo‘lga qo‘yilgan.

Bankning Amaliyot boshqarmasi va barcha filiallari xodimlari uchun “Sirli mijoz” usuli yordamida tashqi marketing kompaniyasi tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori va tashqi marketing kompaniyasi rahbari ishtirokida joriy yilning 10 oktabridan boshlab 9 noyabriga qadar masofaviy videokonferensiyalar tashkil etildi.

IMG_4798.jpg

Videokonferensiyada Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Oybek Do‘stmuhamedov va tashqi marketing kompaniyasi rahbari Shuhrat Zokirov mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi va bank mijozlari bilan muomala qilish etiketi darajasi borasida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari tahlili, shuningdek xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Bankda “Sirli mijoz” usulining qo‘llanilishi va filiallar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining doimiy ravishda nazorat qilib borilishi, ularning samarali faoliyatida muhim asos hisoblanadi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1213
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech