Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbankda ijro intizomi bo‘yicha onlayn seminar

Yangilangan sana: 19 Noyabr 2020, 12:41
Trastbankda ijro intizomi bo‘yicha onlayn seminar
19 Noy 2020
O‘zbekiston Respublikasining yangi qonun hujjatlari, shuningdek amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni o‘rganish maqsadida joriy yilning 13 noyabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Ijro apparati rahbari Suxrob Bekjanov ishtirokida “Bank tizimida elektron hujjatlar aylanmasiga o‘tish va ijro intizomi talablariga rioya qilish” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur videokonferensiyada bank filiallari boshqaruvchilari hamda ularning o‘rinbosarilari, kadrlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari, yuridik xizmat departamenti yuristeonsultlari, bo‘lim boshliqlari hamda barcha xodimlardan iborat jami 420 nafar mutaxassis ishtirok etdi.

IMG_5137.JPG

Tashkil etilgan onlayn seminarda, 2020 yil Prezidentimiz tomonidan “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat Dasturi ijrosi doirasida bank tizimida elektron hujjatlar aylanmasiga o‘tish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hujjatlarni yuritish tartiblari, ijro muddatlarining o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan mas’ul xodimlarning rahbariyat oldidagi hisobdorligi va javobgarligi masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Vebinarning yakunlovchi qismi savol-javob tarzida tashkil etilib, unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha ma’lumot oldilar.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 767
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech