Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Xorazmlik tadbirkorlar uchun sifatli bank xizmatlari markazi o‘z faoliyatini boshladi

Yangilangan sana: 24 Noyabr 2020, 15:58
Xorazmlik tadbirkorlar uchun sifatli bank xizmatlari markazi o‘z faoliyatini boshladi
24 Noy 2020
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki kecha Urganchda yangi «Xorazm» bank xizmatlari markazini ishga tushirdi.

Yangi markaz davlatimiz rahbarining 2019 yil 24 oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-sonli qarori ijrosi doirasida ochildi.

Mazkur markaz Urganch shahri aholisi va tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulaylik yaratish hamda viloyatda ixtisoslashtirilgan bank xizmatlari tarmog‘ini kengaytirish maqsadida faoliyat yurita boshladi.

Yangi markaz mijozlarga turli bank xizmatlarini taqdim etmoqda.

Markazga tashrif buyuruvchilar mobil ilova orqali masofadan turib turli to‘lovlarni amalga oshirishi, kredit bo‘yicha to‘lovlarni so‘ndirishi, omonatlar ochish, «online» konvertatsiya qilish kabi operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.

“Xorazm” bank xizmatlari markazi Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 73-uyda joylashgan bo‘lib, haftaning dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.

Bank tomonidan joylarda namunaviy bank xizmatlari markazlarining ishga tushirilishi mijozlar bilan ishlashning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish, bank faoliyatining samaradorligini oshirish, pirovardida, mamlakatimiz moliyaviy sektori infrastrukturasi mustahkamlanishiga sharoit yaratmoqda.

“Trastbank” XAB mijozlar bazasini kengaytirish va aholiga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida zamonaviy bank xizmatlari markazlarini respublikamizning barcha mintaqalarida ochishni rejalashtirgan.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 909
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech