Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Toshkent viloyatida «Taraqqiyot» bank xizmatlari markazi ish boshladi

Yangilangan sana: 9 Sentabr 2020, 11:30
Toshkent viloyatida «Taraqqiyot» bank xizmatlari  markazi ish boshladi
7 Sen 2020

Joriy yilning 7 sentabr kuni «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining Amaliyot boshqarmasiga qarashli «Taraqqiyot» bank xizmatlari markazi (Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Iqbol massivi, Yoshlik ko‘chasi, 1-uy. Mo‘ljal: Katta xalqa yo‘li yoqasi, Yunusobod tumani, 18-daha ro‘parasidagi qurilish mollari bozori hududi, telefon: +99871 223-45-76) o‘z ish faoliyatini boshladi.

1.gif

Mazkur bank xizmatlari markazi aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga barcha turdagi bank va konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

Mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslari va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-5780-sonli Farmoni ijrosi doirasida jumladan, aholi va tadbirkorlarning ishonchini qozonish, ularga ko‘makdosh bo‘lish va chakana biznesning zamonaviy xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.

2.gif

Xususan, markazda jismoniy shaxslar uchun qulay shartlarda avtokredit, mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish hamda plastik kartalar ochish, qolaversa dunyoning istalgan nuqtasiga xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan.

Shuningdek, markazda tadbirkorlar uchun mutaxassislar maslahatini olish, hisob raqam ochish va kredit olish uchun ariza berish imkoniyati yaratilgan.

3.gif

Bank xizmatlari markazi 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklar bilan ta’minlangan. Markaz bozor hududida joylashganligini hisobga olib, bozorga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlar haftaning istalgan kuni, sutkaning istalgan vaqtida milliy va xalqaro plastik kartalaridagi mablag‘larini naqdlashtirishi, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

4.gif

Markaz binosi xalqaro standartlar asosida ta’mirlanib, ilg‘or kommunikatsiya vositalari hamda zamonaviy mebellar bilan jihozlandi.

5.gif

Endilikda mazkur bank xizmatlari markazining bozor hududida faoliyat yuritishi bilan tadbirkorlarning vaqti ham tejaladigan bo‘ldi.

6.gif

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1258
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech