Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Yangilangan sana: 24 Fevral 2021, 12:13
Hamkorlik memorandumi imzolandi
24 Fev 2021

Joriy yilning 23 fevral kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Toshkentdagi Webster universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari Furqat Samarxodjayev va Toshkentdagi Webster universiteti rektori Jon Grainger imzoladilar.

Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad, universitet talabalari tarkibidan tanlov asosida saralab olingan yuqori salohiyatli talabalarni Bank talablari asosida bilimlarini yanada mustahkamlash, kadrlar malakasi va kasbiy mahoratini oshirish, kelajakda nazariy va amaliy jihatdan yetuk bank mutaxassislarini tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

IMG_0467.JPG

Ta’kidlash joizki, kelishuv doirasida “Trastbank”ning ish faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar uchun malakaviy amaliyot “stajirovka” o‘tashni tashkillashtirish ko‘zda tutilgan. Memorandum Bank va Universitet o‘rtasida o‘zaro muhim ahamiyatga ega masalalar yuzasidan konsultatsiyalar o‘tkazish va innovatsion loyihalar ishlab chiqishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi Webster Universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi “Toshkent shahrida Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4245-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Universitet tomonidan berilgan diplomlar xalqaro miqyosda hamda O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim to‘g‘risidagi tan olingan hujjatdir.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 693
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech