Respublikada pandemiya sharoitida jismoniy shaxslarning kredit to‘lovlari bilan bog‘liq risklarini yumshatish hamda bank mijozlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jismoniy shaxslarga ajratilgan hamda joriy yilning mart oyida muddati 1 iyulga qadar uzaytirilgan kreditlarning qaytarish muddatini yana 3 oy muddatga, yaʼni 2020 yilning 1 oktyabriga qadar uzaytirilganini maʼlum qiladi.
Bunda, kredit muddatining uzaytirilgani qarzdorning mavjud kredit qoldig‘i bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.