Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Tanzila Norboyeva Chilonzor tumanida mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Yangilangan sana: ...
Tanzila Norboyeva Chilonzor tumanida mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
27 Mar 2021

Ma’lumki, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bank tizimi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash va joylarda “mahallabay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan joylarda, tuman va shaharlarda aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘z biznesini boshlash va uni rivojlantirish istagida bo‘lgan aholiga kreditlar ajratish hamda boshqa bank xizmatlarini taklif qilish ustuvor vazifaga aylandi. «Mahallabay» ishlash tizimini amaliyotga joriy etish tashabbusi hududlardagi yechimini kutayotgan masalalarning iloji boricha tezroq bartaraf bo‘lishiga mustahkam zamin bo‘lishi shubhasiz.

Kuni kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Chilonzor tumani mahalla faollari va «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki “Toshkent” filiali boshqaruvchisi Jamoliddin Faxruddinov hamrohligida “Al-Xorazmiy” mahallasida “Mahallabay” ishlash tizimida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishilar bilan uchrashib, bevosita amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bugungi kunda “Al-Xorazmiy” mahallasida jami xonadonlar soni 503 tani tashkil etgani holda, oilalar soni 700 tani, aholi soni 2610 nafarni, shundan mehnatga layoqatlilar soni 2009 nafarni, nogironlar soni 37 nafarni tashkil etadi.

Xususan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining “Toshkent” filialiga biriktirilgan Chilonzor tumani “Al-Xorazmiy” mahallasi hududini rivojlantirish dasturi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlab chiqilgan rejaga asosan o‘rganishlar natijasida mahalla aholisining “Temir daftar”iga kiritilgan 50 nafar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 8 nafar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 7 nafarligi ma’lum bo‘lib, bank xodimlari tomonidan ularning muammolari o‘rganildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholi qayta o‘qitilib, o‘z biznesini boshlashi uchun bank tomonidan kredit mablag‘lari ajratilishiga ko‘maklashildi.

Tashrif davomida Tanzila Norboyeva bo‘sh turgan yerlardan unumli foydalanish va ayollarni tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida ularni tikish-bichish kurslarida o‘qitish, xotin-qizlarga bank kreditlari hisobidan tikuvchilik sexlarini tashkil etishda ko‘maklashish masalasida mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 941
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech