Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Ilg‘or xalqaro amaliyotning zamonaviy usullarini joriy etish

Yangilangan sana: 20 Yanvar 2020, 17:20
20 Yan 2020

Joriy yilning 17 yanvar kuni Amaliyot boshqarmasi rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida “Innovatsion bank mahsulotlarini ishlab chiqishda xorij tajribasini o‘rganish” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Bankning Amaliyot boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘quv markazi direktori Qobiljon Jo‘rayev ishtirok etd i.Seminar-treningni tashkil etishdan asosiy maqsad – bank xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, xorijiy banklar tajribalarini o‘rganish orqali Trastbank tizimida yangi innovatsion bank mahsulotlari ishlab chiqish hamda mijozlarga sifatli bank xizmat turlarini taklif qilishdan iborat.

IMG_0603_сайт.gif

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar doirasida moliya sektorining barqarorligini oshirish, birinchi navbatda xususiy biznes va aholi uchun bank xizmatlarining sifatini yaxshilash va ulardan foydalanish imkoniyatlarinikengaytirish borasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

IMG_0629_сайт.gif

Xususan, bankda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, faoliyat samaradorligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali ularning shaklini o‘zgartirish borasidagi ishlar izchillik bilan rivojlanmoqda.

IMG_0632_сайт.gif

Shu bilan birga, “Trastbank” tizimida ilg‘or xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda xodimlarning bilim va malakasi doimiy oshirib borilmoqda.

Seminar-trening davomida Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari Akmal Tillayev va Abduvali Qahharovlar boshchiligida tuzilgan ikki jamoa vakillari tomonidan o‘rganib chiqilgan xorij banklaridagi bank mahsulotlari va xizmatlari borasida tayyorlagan loyihalari bo‘yicha taqdimotlari namoyish etildi.

IMG_0636_сайт.gif

– Mazkur seminar-treningdabank rahbar xodimlari va mutaxassislarining o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, Bank rivojiga hissa qo‘shish hamda yangi turdagi bank mahsulotlarini joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi, – deydi Bankning Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i Baxrom Akromov. – Xususan, bugungi interfaol uslubda tashkil etilgan seminar davomida jamoalar tomonidan taqdim etilgan xorijiy banklar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdik. Xodimlarimiz sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashiga erishildi. Taqdimotda har bir jamoa vakillari o‘zlariga biriktirilgan xorij banklarininga innovatsion bank mahsulotlari va bank xizmatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotni taqdim etdilar.

IMG_0649_сайт.gif

Ko‘plab xorij tajribasi natijalari shuni ko‘rsatadiki, mutaxassislarning interfaol uslubga jalb etish jarayonida ulardagi ishchanlik qobiliyati va o‘z ustida yanada faol ishlashga bo‘lgan shijoati ortib boradi. Bu kabi tadbirlarni yana davom ettirish niyatidamiz, albatta bu o‘z natijasini berishiga ishonchim komil, - deya so‘zini yakunladi Baxrom Akromov.

IMG_0658_сайт.gif

Bu kabi seminar-treninglarning tashkil etilishi o‘z navbatida, bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada optimallashtirishga yordam beradi.

IMG_0666-сайт.gif

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 800
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech