Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Sahovat

Yangilangan sana: 31 Mart 2020, 15:26
Sahovat
31 Mar 2020
Yaxshilik oʼzi nima? Bu bizning qalbimizdagi nur, atrofimizdagi dunyo va harakatlarga bizning boʼlgan nazarimizdir. Oʼzbek xalqi azal-azaldan mehr-muruvat koʼrsatuvchi, sahovatpesha xalq hisoblangan. Bugun dunyo hamjamiyati koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish borasida muhim choralar koʼrmoqda.
23 mart kuni Xalqaro press-klubda boʼlib oʼtgan sessiya davomida koronavirus "COVID-19" ofatiga qarshi kurash faqat hukumatning ishi boʼla olmasligi va senatorlar tomonidan "Oʼzbekiston Mehr-shavqat va salomatlik" jamoat fondi tashkil etilishi hamda hukumatga moddiy yordam berishga qaror qilingani maʼlum qilindi.

Trastbank jamoasi ham koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda bevosita ishtirok etish, ogʼir vaziyatda davlatimiz, qolaversa xalqning dardiga malham boʼlish va begʼaraz yordam koʼrsatish maqsadida bugun “Oʼzbekiston Mehr-shavqat va salomatlik” jamoat fondiga 50 mln.soʼm mablagʼ oʼtkazib berdi. Ushbu mablagʼ xalqimiz osoyishtaligini qaytarishda yana bir qadam boʼlishiga astoyidil ishonamiz.

Yurtimizga kelgan mana shunday sinovli kunlarda jamoamiz oʼz xalqi uchun yordam qoʼlini choʼzishga doimo tayyor! Barchamiz hamjihatlikda Hukumatimiz tomonidan ushbu koʼrinmas yovga qarshi turishga koʼngillilar sifatida birlashib, ushbu fondni moddiy qoʼllab-quvvatlash uchun jipslashaylik!
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1431
Ўзбекча: Саҳоват
На русском: Благородство
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech