Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda

Yangilangan sana: 27 Aprel 2024, 13:01
“Trastbank” kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda
27 Apr 2024

1994-yilda o‘z faoliyatini boshlagan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining bugungi kunda hududlarda 13 ta bank xizmatlari ofisi hamda 115 ta bank xizmatlari markazi mavjud bo‘lib, ularda malakali mutaxassislar tomonidan mijozlarga barcha turdagi bank mahsulotlari va xizmatlari taqdim etib kelinmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida “Trastbank” respublikada eng yirik banklardan biriga aylanib, O‘zbekistondagi yetakchi moliya muassasalari orasida mustahkam o‘rin egalladi. Albatta, o‘tgan 30 yil vaqt mobaynidagi muvaffaqiyat kaliti bu ko‘p yillar davomida mijozlar va hamkorlarning ishonchidir.01Shu o‘rinda, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va bu orqali hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratishga doir bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Albatta, bu borada Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi hamda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganligi va ushbu aloqalar o‘zining ijobiy samarasini berayotganligini alohida qayd etish zarur.02Ta’kidlash joizki, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Islom Taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi islom korporatsiyalari bilan hamkorlikni 2018-yilda yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bugungi kunga qadar Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan jami 64 million AQSH dollari miqdorida 6 ta kelishuv imzolangan. Ular doirasida Respublikamizdagi kichik va o‘rta biznes subyektlarining jami 74 ta loyihasi moliyalashtirilgan. Ushbu mablag‘lar tekstil, farmasevtika, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish, elektromobillar savdosi va boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirib kelinmoqda. Bu kabi sa’y-harakatlar hududlarda aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga zamin yaratmoqda.04Ana shunday loyihalardan biri “Belissimo Pizza” kompaniyasidir. Mazkur Kompaniya “Trastbank” tomonidan Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi resursi hisobidan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 1 mln AQSH dollari miqdorida moliyalashtirilgan. Ushbu Kompaniyaning moliyalashtirilishi natijasida uning faoliyatini yanda rivojlantirish, mamlakatimizda, xususan, Toshkent shahrining barcha tumanlarida yangi filliallar va restoranlar ochilishi, eng muhimi, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi va aholi bandligi ta’minlanishiga erishilmoqda.05

– “Bellissimo pizza” kompaniyasi O‘zbekistondagi eng katta pizzeriya tarmog‘i hisoblanadi, – dedi “Belissimo Pizza” kompaniyasinining asoschisi Farrux Abdullayev. – Bugungi kunda 54 ta filialimiz mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda 1300 ga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan. Biz o‘z oldimizga faoliyatimizni yanada kengaytirish hamda mijozlarga yanada yaqinroq bo‘lish maqsadida joriy yilda yana 32 ta yangi filial ochishni rejalashtirganmiz. Bu bilan qo‘shimcha ravishda 1000 ga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi. Albatta, bu rejalarimizni amalga oshirishda “Trastbank” bilan birga islomiy moliyalashtirish loyihasi asosida hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Maftuna Jo‘rayeva,

“Belissimo Pizza” xodimi:

– Men ma’lum muddat ish qidirib yurgan edim, keyin “Belissimo Pizza”ga ishga taklif qilishdi. Bu yerdagi ahil jamoa har qanday kishiga zavq bag‘ishlaydi. Yana bir qulaylik shundaki, oylik maoshlarimiz vaqtida beriladi, xodimlar uchun ko‘pgina imkoniyatlar va imtiyozlar mavjud. Mana shunday qulay va shinam joyda ishlab, ota-onamiz va xalqimizning duosini olishdan mamnunmiz.  

Muxtasar qilib aytganda, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va uning hamkor mijozlari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash borasidagi bu kabi sa’y-harakatlar muntazam ravishda amalga oshirib kelinadi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 154
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech