Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Andijonda insulin zavodi ishga tushdi, yiliga 10 million flakon dori ishlab chiqariladi

Yangilangan sana: 13 Iyul 2018, 14:38
Andijonda insulin zavodi ishga tushdi, yiliga 10 million flakon dori ishlab chiqariladi
30 Apr 2018

Bugungi kunda Respublikamizda aholi manfaatlari yo‘lida ko‘plab loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Sog‘liqni saqlash sohasida ham.

Shu yilning 27-aprel kuni Andijon viloyatining Andijon tumanida insulin ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Zamin Bio Health» MCHJ zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. «Trastbank» XABning moliyaviy ko‘magi asosida bunyod etilgan ushbu muassasa endilikda insulin yetishmovchiligiga chek qo‘yib, dori vositasi bilan nafaqat mahalliy bozorni ta’minlaydi, balki chet mamlakatlarga ham eksport qiladi.

Zavodning ochilish marosimi viloyat ahli uchun haqiqiy tantanaga aylandi. Tadbirda Andijon viloyati hokimi, “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi, jamiyat rahbariyati, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, tadbirkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar ushbu korxona yurtimiz aholisini arzon va sifatli dori vositasi bilan ta’minlash barobarida mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksalishida ham muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etishdi.

Aytish joiz korxonani qurish ishlari 2016-yil oktyabrda boshlangan. Bugungi kunda barcha qurilish va jihozlash ishlari yakunlandi. Tantanali ochilish marosimida ramziy tasmalar kesildi va zavod rasman ishga tushdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 270 ming kishi qandli diabet kasalligidan aziyat chekadi. Shundan kelib chiqib korxonada yiligi 10 million flakon insulin ishlab chiqariladi. Bu esa ushbu dori vositasiga bo‘lgan talabni qondirishga xizmat qiladi. Zavoddagi barcha ishlab chiqarish texnologiyalari zamon talablariga javob beradi. Hozirda “Insulin” dori vositasi 3-4 AQSH dollari hisobiga chet mamlakatlardan import qilinayotgan bo‘lsa, zavodning ishga tushirilishi munosabati bilan dorining tan narxi o‘rtacha 2,5 AQSH dollari qiymatida bo‘ladi.

Korxona rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bir yilda o‘rtacha 2 mln. AQSH dollari miqdorida «Insulin» dorisini eksport qilish rejalashtirilgan. Bu o‘z navbatida mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sishiga va chet el valyutasini yurtimizga kirib kelishiga xizmat qiladi.

Manba: UzReport Ahborot agentligi / Ko'rishlar: 3439
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech