Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
E’lonlar

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasi egalari uchun “Trastbank bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM

Yangilangan sana: 7 Dekabr 2021, 10:39

Mazkur hujjat “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki (keyingi o‘rinlarda – Bank) va “MasterCard Europe SA” xalqaro moliya tashkiloti o‘rtasida 2021-yil 5-mayda tuzilgan bitim asosida ishlab chiqildi va u Bankda “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasi egalari uchun “Trastbank bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasini o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibini belgilaydi.

1-§. Umumiy qoidalar

  1. Aksiya tashkilotchilari Bank va “MasterCard Europe SA” xalqaro moliya tashkiloti hisoblanadi.
  2. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida Bank tomonidan o‘tkaziladi.
  3. Aksiya 2021-yil 2-noyabrdan 2022-yil 18-martga qadar bo‘lgan davr ichida o‘tkaziladi.

2-§. Aksiya ishtirokchilari

  1. Aksiyada 18 yosh va undan yuqori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  2. Aksiyada Bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari taqiqlanadi.

Bunda bank xodimining yaqin qarindoshlari sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  1. a) ota-onasi;
  2. b) tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari;
  3. d) tug‘ishgan va o‘gay opa-singillari;
  4. e) eri (xotini);
  5. f) farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar;
  6. g) bobolari;
  7. h) buvilari;
  8. i) nevaralari;
  9. j) erining (xotinining) ota-onasi;
  10. k) erining (xotinining) tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari;
  11. l) erining (xotinining) tug‘ishgan va o‘gay opa-singillari.
  12. Aksiyani o‘tkazilish davrida ishtirokchilarning ushbu Vaqtinchlik nizom qoidalariga amal qilishlari talab qilinadi.

3-§. Aksiyada ishtirok etish shartlari

  1. Bank tomonidan aksiyani amalga oshirish davrida yoki undan oldin emissiya qilingan “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasiga ega bo‘lgan va ushbu bank kartasi orqali bir kun davomida jami 10 (o‘n) AQSH dollari va undan ko‘p qiymatda tranzaksiyalarni amalga oshirgan shaxs avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
  2. Aksiyada ishtirok etish uchun to‘lov tranzaksiyalari faqat savdo va xizmat ko‘rsatish terminallari hamda internet saytlari orqali amalga oshirishi lozim. Bankomat va bank kassasi terminallari vositasida yechilgan naqd pul tranzaksiyalari aksiyada ishtirok etmaydi.
  3. Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali va chet el banklari tomonidan Bank tomonidan emissiya qilingan “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasiga o‘tkazilgan (R2R) operatsiyalar ham aksiyada ishtirok etuvchi operatsiya hisoblanadi.

4-§. Aksiyada yutuqqa qo‘yilgan sovrinlar tarkibi

  1. Bosh sovrin: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Chevrolet Cobalt” avtomobili (1 dona).

Boshqa sovrinlar:

  1. a) “Samsung” kir yuvish mashinasi (3 dona);
  2. b) “Samsung Smart TV” televizori (3 dona);
  3. d) “Samsung Galaxy” uyali aloqa telefoni (10 dona);
  4. e) “Power bank 10000” telefon quvvatlagichi (20 dona);
  5. f) “Xiaomi Redmi AirDots” telefon uchun simsiz eshitish vositasi (20 dona);
  6. g) “Mi Smart Band 6” brasleti (20 dona).
  7. Yutuq egasi ma’lum bir yutuqni boshqa bir yutuqqa almashtirishni yoki uni pul ko‘rinishida berishni talab qilish huquqiga ega emas.

5-§. Aksiyani o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash tartibi

  1. Aksiya o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash Bank boshqaruvi raisining buyrug‘iga asosida tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Aksiya 5 bosqichda amalga oshiriladi. Har bir bosqichda g‘oliblarga quyidagi sovrinlar topshiriladi.

Birinchi bosqichda (2021-yil 2-noyabrdan 2021-yil 30-noyabrgacha bo‘lgan davr ichida amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashadi):

  1. a) 1 dona “Samsung” kir yuvish mashinasi;
  2. b) 2 dona “Samsung Galaxy” uyali aloqa telefoni;
  3. d) 4 dona “Power bank 10000” telefon quvvatlagichi;
  4. e) 4 dona “Xiaomi Redmi AirDots” telefon uchun simsiz eshitish vositasi;
  5. f) 4 dona “Mi Smart Band 6” brasleti.

Ikkinchi bosqichda (2021-yil 1-dekabrdan 2021-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davr ichida amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashadi):

  1. a) 1 dona “Samsung Smart TV” televizori;
  2. b) 2 dona “Samsung Galaxy” uyali aloqa telefoni;
  3. d) 4 dona “Power bank 10000” telefon quvvatlagichi;
  4. e) 4 dona “Xiaomi Redmi AirDots” telefon uchun simsiz eshitish vositasi;
  5. f) 4 dona “Mi Smart Band 6” brasleti.

Uchinchi bosqichda (2022-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-yanvargacha bo‘lgan davr ichida amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashadi):

  1. a) 1 dona “Samsung” kir yuvish mashinasi;
  2. b) 2 dona “Samsung Galaxy” uyali aloqa telefoni;
  3. d) 4 dona “Power bank 10000” telefon quvvatlagichi;
  4. e) 4 dona “Xiaomi Redmi AirDots” telefon uchun simsiz eshitish vositasi;
  5. f) 4 dona “Mi Smart Band 6” brasleti.

To‘rtinchi bosqichda (2022-yil 1-fevraldan 2022-yil 28-fevralgacha bo‘lgan davr ichida amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashadi):

  1. a) 1 dona “Samsung Smart TV” televizori;
  2. b) 2 dona “Samsung Galaxy” uyali aloqa telefoni;
  3. d) 4 dona “Power bank 10000” telefon quvvatlagichi;
  4. e) 4 dona “Xiaomi Redmi AirDots” telefon uchun simsiz eshitish vositasi;
  5. f) 4 dona “Mi Smart Band 6” brasleti.

Beshinchi bosqichda (2022-yil 1-martdan 2022-yil 18-martgacha bo‘lgan davr ichida amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashadi):

  1. a) 1 dona “Samsung” kir yuvish mashinasi;
  2. b) 1 dona “Samsung Smart TV” televizori;
  3. d) 2 dona “Samsung Galaxy” uyali aloqa telefoni;
  4. e) 4 dona “Power bank 10000” telefon quvvatlagichi;
  5. f) 4 dona “Xiaomi Redmi AirDots” telefon uchun simsiz eshitish vositasi;
  6. g) 4 dona “Mi Smart Band 6” brasleti.
  7. G‘oliblar har bir bosqich yakunlangach 5 bank ish kuni ichida ushbu Vaqtinchlik nizomning 12-bandida qayd etilgan komissiya a’zolari tomonidan maxsus dastur yoki shu kabi boshqa dasturlar yordamida tasodifiy (random) tanlash orqali aniqlanadi va tasdiqlanadi.
  8. Bosh sovrin (“Chevrolet Cobalt” avtomobili) egasi 2022-yilning 25-martiga qadar ushbu Vaqtinchlik nizomning 12-bandida qayd etilgan komissiya a’zolari tomonidan maxsus dastur yoki shu kabi boshqa dasturlar yordamida tasodifiy (random) tanlash orqali aniqlanadi.
  9. Bank aksiyani o‘tkazish tartibiga bir tomonlama qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, yutuqlar tarkibini kengaytirish yoki ularni o‘zgartirish huquqiga ega. Bunda ular kuchga kiritilishidan 3 (uch) ish kuni oldin bu haqdagi tegishli axborot Bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
  10. Aksiya g‘oliblarining nomi va surati Bankning rasmiy veb-sayti – www.trustbank.uz hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi.

6-§.Yutuqlarni topshirish tartibi va muddati

  1. Aksiya bo‘yicha yutuqlar Bosh bank binosida (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy) ma’sul shaxslar tomonidan topshiriladi.
  2. Yutuqni qabul qilib olishda, yutuq egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki ID-kartasini) ko‘rsatadi.

Yutuq o‘z egasiga topshirilganda “Topshirish – qabul qilib olish dalolatnomasi” tuziladi. Yutuqqa egalik qilish huquqi dalolatnoma imzolangan vaqtdan boshlab yutuq egasiga o‘tadi.

  1. 20. Bosh sovrin bilan bog‘liq rasmiylashtirish va soliq xarajatlari, topshirilgan boshqa sovrinlarni Bankdan olib ketish xarajati yutuq egasi tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Yutuq egasi Bank tomonidan yutuqni olib ketish to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab 30 kun davomida o‘z yutug‘ini olib ketishi lozim. Uzrli sababga ko‘ra yutuq egasi tomonidan yutuqni o‘z vaqtida olib ketish imkoniyati bo‘lmaganda, yutuq egasining yozma arizasiga ko‘ra uni olib ketish muddati uzaytirilishi mumkin.
  3. Yutuq egasi bilan 30 kun davomida bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, yutuq Bank tasarrufiga o ‘taziladi va yutuq bekor qilinadi.
  4. Yutuq egasi o‘z yutug‘ini olib ketishni notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida uchinchi shaxsga topshirishi mumkin. Bunda yutuqni topshirish ushbu Vaqtinchlik nizomning 19-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

7-§. Aksiyani o‘tkazish, uni to‘xtatish yoki muddatidan oldin

to‘xtatish to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish

  1. Aksiyani o‘tkazish reklama va video roliklar ko‘rinishida Bankning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boriladi.
  2. Aksiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot Bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Aksiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotni Bankning Call markazi (+998 78 140-00-88) murojaat qilgan holda ham olish mumkin.

  1. Aksiya to‘xtatilganda yoki muddatidan oldin to‘xtatilganda, aksiyani o‘tkazish shartlari o‘zgarganda, aksiya muddati uzaytirilganda hamda uni o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritilgan holatlarda bular to‘g‘isida Bankning rasmiy veb-saytida e’lon beriladi.

8-§. Yakuniy qoidalar

  1. Aksiyani o‘tkazish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarni tomonlar muzokara yo‘li bilan hal etadi. Muzokara natijasida tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
  2. Aksiyaning o‘tkazilishini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha javobgarlik ushbu Vaqtinchlik nizomning 12-bandiga muvofiq tuzilgan komissiya a‘zolari zimmasiga yuklatiladi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech