Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

2021 yil 17 may kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdagi 2020 yil yakunlariga bag‘ishlangan yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yangilangan sana: 17 May 2021, 21:16
2021 yil 17 may kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdagi 2020 yil yakunlariga bag‘ishlangan yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
17 May 2021

 

      2021 yil 17 may kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdagi 2020 yil yakunlariga bag‘ishlangan yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

     Yig‘ilish “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki kuzatuv Kengashi Raisi Toxir Sharipovning raisligi ostida o‘tdi. Тохир Мирахимович.jpg

                    Kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1.«Trastbank» XABning 2020 yil faoliyati yakunlari va 2021 yil uchun rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.

  1. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ning 2020 yil yakunlari bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.
  2. 2020 yilning yillik hisobotini tasdiqlash, jumladan:

-           moliyaviy holat to‘g‘risida jamlangan hisobot,

-           foyda va zarar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risida jamlangan hisobot,

-           kapitalda o‘zgarishlar to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,

-           pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,

-           2020 yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi ma'lumot.

  1. 2020 yilda olingan foydani taqsimlash.
  2. Bank faoliyatining 2021 yilning 1-yarim yilligi va 2021 yil yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash, shartnomalarni tuzish hamda audit xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng yuqori miqdorini tasdiqlash.
  3. «Trastbank» XAB Boshqaruvi Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini bir yilga uzaytirish.
  4. Balansdan tashqari hisoblarda hisobi yuritilayotgan, umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha 2020 yilda ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.
  5. Bank Kuzatuv Kengashining 2020 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv me'yorlariga rioya etilayotganligi haqida hisobot.
  6. Bank Kuzatuv Kengashi a'zolarining son tarkibini tasdiqlash.
  7. Bank Kuzatuv Kengashi a'zolarini saylash.
  8. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ni saylash.
  9. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  10. Belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyoriga qaytarish.
  11. Bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
  12. Aksiyalarning 25 qo‘shimcha chiqarilish yakunlari va Bank Ustav kapitalining yangi miqdorini tasdiqlash.
  13. E'lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.
  14. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar qiritish.
  15. Davlat qimmatli qog‘ozlar (g‘aznachilik majburiyatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari (obligasiyalar), Markaziy bank obligasiyalari) bilan yirik bitimlar tuzish to‘g‘risida.

 

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Bank Boshqaruvi Raisi so‘zga chiqib 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida bank aksiyadorlariga batafsil hisobot berib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida aksiyadorlar kun tartibiga kiritilgan har bir masalani atroflicha ko‘rib chiqib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olishga muvaffaq bo‘lishdi.собрание2.jpg

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish bilan bir qatorda 2021 yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalar yakuniga ko‘ra Bank Boshqaruviga joriy yil yakuniga qadar mijozlar sonini oshirish, bankning moliyaviy natijalarini yanada yaxshilash, xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan onlayn xizmatlar turini kengaytirish, malakali xodimlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarga qat'iy amal qilish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etish yuzasidan vazifalar qo‘yildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.собрание1.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 5159
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech