Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 29 Iyul 2022, 17:58
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
29 Jul 2022

Bugun, 29-iyul kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni Bank kuzatuv Kengashi Raisi Tohir Sharipov olib bordi.

Yig‘ilishda moliya muassasasining 2022-yil 1-yarim yilligidagi faoliyati yakunlari muhokama qilindi. Qolaversa, “Standart&Poor`s Global Ratings” xalqaro reyting agentligi bilan reyting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish hamda o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydani taqsimlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.  

IMG_5667.JPG

Ta’kidlanganidek, joriy yilning I yarim yilligida Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha jadal rivojlanish kuzatildi. Xususan, Bank foydasi milliy standartlar bo‘yicha 329 mlrd so‘m, o‘z kapitali 1,4 trln so‘m, aktivlari esa 7,8 trln so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, kredit portfeli 1,2 barobarga oshdi.

Bundan tashqari, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan mamlakatimizning 31 ta tijorat banklari uchun ishlab chiqilgan “Bank faoliyati indeksi”da “Trastbank” XAB 2-o‘rinni egalladi.

Oʻzbekistonning yetakchi “SMS SYSTEMS” konsalting kompaniyasi koʻmagida SMTning ISO 9001 xalqaro sifat standartlariga muvofiqligini tekshirish boʻyicha ikkinchi tekshiruvdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Oʻzbekistondagi banklar orasida birinchi boʻlib ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻldi.

IMG_5728.JPG

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash, moliya muassasasining xalqaro reytingini yaxshilash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ulardan biri “Standart&Poor`s Global Ratings” xalqaro reyting agentligi bilan reyting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish nazarda tutilgan. Shu jihatdan, yig‘ilishda mazkur masala atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydani taqsimlash to‘g‘risidagi masala ham diqqat markazida bo‘ldi.

Shuningdek, yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 414
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech