“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bektemir filiali o‘z tasarrufidagi navbatdagi, ya’ni oltinchi bank xizmatlari markazini ochdi.
Toshkent viloyati Angren shahri “Ozodlik” MFY 46-daha 5-uy manzilida joylashgan mazkur BXMda yuridik shaxslar uchun hisob raqam ochish, turli kreditlar rasmiylashtirish kabi xizmatlar taqdim etiladi.
Bundan tashqari, jismoniy shaxslarga plastik kartalar, mikroqarz, avtokreditlar ajratiladi. Shuningdek, mijozlar chakana amaliyotlar kassasidan ham foydalanishlari mumkin.
Ochilish marosimida ishtirok etgan “Trastbank” XAB Bektemir filiali mutasaddilari va jamoatchilik vakillari ushbu BXMning mijozlar uchun sifatli xizmat va qator qulayliklar taklif etishi bilan tuman aholisi ishonchini qozonishiga umid bildirdilar.
Hurmatli Angren tumani aholisi! Sizlarni ushbu “Angren” bank xizmatlari markazida kutib qolamiz.