“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Bank tavakkalchiliklarini boshqarish departamenti tomonidan “Bank operatsion tavakkalchiligining oldini olishda risk-koordinatorlarining o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda moliya muassasasi Bosh ofisi barcha tarkibiy tuzilmalari va bank xizmatlari ofislari operatsion xizmatining mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda operatsion tavakkalchikning oldini olishda risk-koordinatorlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat bank faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi, balki xizmat sifatini ham oshiradi. Shunday ekan, sohaga doir ma’lumotlarni bank xodimlariga tushuntirish va ularni amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan sanaladi.
Seminarda bank sohasida operatsion tavakkalchiliklarni samarali boshqarishni ta’minlash, risk-koordinatorlarning o‘rni, mavjud amaliyotlarni normativ-huquqiy asoslar bilan bog‘lash kabi masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, kredit, operatsion, likvidlik va bozor tavakkalchiliklari kabi muhim yo‘nalishlar borasida tushunchalar berildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
133