Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Banklar faollik indeksi”da “Trastbank” 2-o‘rinni egalladi

Yangilangan sana: 28 Aprel 2021, 23:06
“Banklar faollik indeksi”da “Trastbank” 2-o‘rinni egalladi
28 Apr 2021

Bank tizimi aktivlari tarkibida xususiy sektor ulushining o‘zgarishlari, bank sohasidagi islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholab borish uchun o‘tkaziladigan ushbu tadqiqot natijalariga koʻra, “Trastbank” umumiy reytingda 2020-yil 4-chorakdagi o‘rnidan 2 pog‘ona ko‘tarilib, 2-o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.

Taʼkidlash joizki, “Trastbank” umumiy reytingda Азия Алянс банк”, “Ориент Финанс банк”, “Алоқа банк”, “Ҳамкор банк  singari yirik banklarni ortda qoldirdi.

Indeks Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan mamlakatning 31 tijorat banki uchun ishlab chiqilgan va har chorakda “xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushini, shuningdek, bank sohasidagi islohotlar va transformatsiya jarayonlarining samaradorligini muntazam ravishda baholash maqsadida” yangilanadi.

таблица.jpgBanklarning indeks koʻrsatkichlarini hisoblashda quyidagi yoʻnalishlar hisobga olingan:

-moliyaviy vositachilik;

-moliyaviy imkoniyat;

-kapitalning yetarliligi;

-aktivlar sifati;

-boshqaruv samaradorligi;

-rentabellik;

-likvidlik.

Markaz taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga koʻra, 14000 nafar jismoniy shaxs masofadan turib banklar xizmatlaridan foydalanishgan.   

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1057
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech