Bugun, 10-noyabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bosh ofisida Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ziyovuddin Kurganovning “Diebold Nixdorf” bankomatlar ishlab chiqaruvchi kompaniya Vitse-prezidenti va boshqaruvchi direktori (APAC & MEA) Jill Jaivinder, “BS/2” dasturiy yechimlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniya Bosh direktori o‘rinbosari Kirill Ovsyannikov hamda “Penki Kontinentai” kompaniyalar guruhi Boshqaruvi raisi Idrakas Dadashovas bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda “Trastbank” tizimidagi bankomatlar ish faoliyatini yanada yaxshilash borasidagi hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, bankomatlar xavfsizligi, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qurilmalarining kengaytirilgan imkoniyatlaridan foydalanish, QR-pay yordamida bankomatdan kartasiz naqd pul yechib olish, bu borada Bank xodimlari malakasini oshirish kabi jihatlarga urg‘u berildi.
Shuningdek, uchrashuvda kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar kelishib olindi.
“Diebold Nixdorf” bankomatlar ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi kompaniya Vitse-prezidenti va boshqaruvchi direktori (APAC & MEA) Jill Jaivinder “Trastbank” tarixidan so‘zlovchi muzeyning faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy tilaklari va dastxatini yozib qoldirdi.