Bugun, 18-sentabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida “Barchamiz tinchlik va osoyishtalik uchun mas’ulmiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bo‘lib o‘tdi. Unda moliya muassasasi Bosh ofisi mutasaddilari, shuningdek, videokonferensaloqa orqali hududlardagi Bank xizmatlari ofislari xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Axborot xizmati rahbari, “Shuhrat” medali sohibi Ilhomjon Ma’rupov ishtirok etib, diniy sohada dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan ma’ruza qildi. Xususan, jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri xalqimizning mafkuraviy immunitetini shakllantirish ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, bugun internet insoniyat turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan ayni davrda ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarning ongu tafakkurini buzadigan, terrorizm, ekstremizm, g‘ayriinsoniy harakatlarni amalga oshirib, butun insoniyat hayotiga tahdid soluvchi g‘oyalarini tarqatuvchi guruhlar jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi katta xavf-xatar ekanligidan ogoh bo‘lishga chaqirildi.
Shuningdek, mutaxassis o‘z so‘zida oilada tarbiya masalalariga alohida urg‘u berdi.
Bugungi kunda kuzatilayotgan hujumlarning aksariyati, ayniqsa, yoshlarga qaratilganligi tahlikalidir. Afsuski, tijoriy maqsadda diniy e’tiqodni niqob qilib olgan ayrim shaxslarning ta’siriga tushib maktabda ustozlarining, oilada ota-onasining o‘gitlariga quloq solmasdan, jamiyatdagi ixtilofli vaziyatlarga sabab bo‘lib qolayotgan o‘g‘il-qizlarimiz ham uchrayotganlari og‘riqli haqiqatdir, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Axborot xizmati rahbari I.Marupov. – Bunday holatlarda ota-onalardan hushyorlikni oshirish, boladagi o‘zgarishlarni vaqtida aniqlab, zudlik bilan kerakli choralarni ko‘rishni iltimos qilgan bo‘lardim. Dinimizda ota-onaga yaxshilik qilish alohida ta’kidlanadi. Shunday ekan, bolalarimizning qalbida Ona Vatanga, oilaga muhabbat, do‘stga sadoqat, farzandlik mas’uliyati kabi ezgu xislatlarni shakllantirishga bel bog‘lar ekanmiz, yurtimizdagi tinchlik va farovonlikka beqiyos hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Qizg‘in munozaralarga boy o‘tgan tadbirda ishtirokchilar islom madaniyatining asl qadriyatlari, farzand tarbiyasi va oilada islom dinining o‘rni hamda boshqa shu kabi o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha javob olishdi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
136