Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Bayram arafasida mehnat faxriylari va bolalarga sovg‘alar ulashildi

Yangilangan sana: 30 Dekabr 2021, 15:25
Bayram arafasida mehnat faxriylari va bolalarga sovg‘alar ulashildi
30 Dec 2021

 Yangi yil bayrami doim intiqlik bilan kutiladi. Ayniqsa, bolajonlar mo‘jizalar va sovg‘alar, orzularning amalga oshishini ushbu shodiyona kun bilan bog’lab, behad xursandchilik bilan qarshi oladi.
photo_2021-12-30_10-11-20.jpg

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida yaxshi an’ana shakllangan. Xususan, bayram arafasida kam ta’minlangan oilalar va mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ularga sovg‘alar topshiriladi.

Bugun poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 327-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bolalarga quvonch ulashildi. Bank xodimlari moliya muassasasi nomidan sovg‘alarni topshirib, bayram bilan tabrikladi.
photo_2021-12-30_11-29-12.jpg

Shuningdek, tumandagi mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ularga sovg‘alar topshirildi.  

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 120
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech