Bugun, 18-noyabr kuni “O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonun qabul qilinganiga 30 yil to’ldi.
Davlat bayrog’idagi moviy rang musaffo osmon va suvni ifodalaydi, yashil rang tabiat va uning yangilanishini yodga soladi. Qizil rang tomirlardan oqib turgan hamda hayot baxsh etuvchi qonni anglatadi. Oq rang esa tinchlik va osoyishtalik timsolidir. Yarim oy va 12 yulduz uyg'unlik va mustahkam iymon ramzidir. 12 ta yulduz tasodifan tanlanmagan, aynan shu miqdorda ular mukammallikni, shuningdek, mamlakatimiz viloyatlari sonini bildiradi.
“Trastbank” XAB jamoasi Siz, aziz yurtdoshlarimizni hurlik timsoli, ezgulik va tinchlik ramzi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun bilan muborakbod etadi.