Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Birja savdolari ishtirokchilari va brokerlar uchun “Trastbank” tomonidan yaratilgan qulay bank mahsulotlari va xizmatlari yuzasidan seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
Birja savdolari ishtirokchilari va brokerlar uchun “Trastbank” tomonidan yaratilgan qulay bank mahsulotlari va xizmatlari yuzasidan seminar o‘tkazildi
16 May 2023

Joriy yilning 15-may kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki  Bektemir filialida O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi Toshkent viloyati filiali brokerlari, Birja savdosi sotuvchilari va xaridorlari uchun Trastbank tomonidan yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maʼlumot berish maqsadida seminar o‘tkazildi.

2.jpg

3.jpg

Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi Bosh ofislarining rahbar xodimlari, filial mutasaddilari, birja savdosi ishtirokchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar hamda brokerlar ishtirok etdi.

4.jpg

5.jpg

Seminarda Birja  savdolari ishtirokchilari uchun ishlab chiqilgan milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” taʼrif rejalari, tadbirkorlarning birja savdolarining aylanma kapitali uchun kreditlar, avtokredit hamda chakana kredit mahsulotlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Qolaversa, korxona va tashkilotlarning Birja savdolari bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitob operatsiyalari operativligi va qulaylikligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi xizmatlardan foydalanish qoidalari tushuntirildi.

6.jpg

7.jpg

Bundan tashqari, seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga “Trastbank” masʼullari tomonidan atroflicha javob berildi. Shuningdek, Birja savdolari ishtirokchilari tomonidan bank bilan hamkorlikni yana-da samarali tashkil etish bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi.

8.jpg

9.jpg
10.jpg
Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 490
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech