Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bugun “Trastbank” XABning Samarqand filiali tashkil topganiga 10 yil bo‘ldi

Yangilangan sana: 13 Iyul 2022, 14:29
Bugun “Trastbank” XABning Samarqand filiali tashkil topganiga 10 yil bo‘ldi
13 Iyul 2022

Bugun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Samarqand filiali tashkil topganiga 10 yil to‘ldi. 2012-yil 13-iyul kuni Samarqandda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yangi filial faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu albatta, mijozlarning sifatli bank xizmatlari va mahsulotlaridan keng foydalanishida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Mana, o‘tgan 10 yil mobaynida mazkur filial tomonidan viloyat aholisi, xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Ularning ishonchini oqlamoqda.

Hozirda viloyatning shahar va tumanlarida joylashgan filial tasarrufidagi 12 ta Bank xizmatlari markazi mutaxassislari ham hudud aholisiga bank xizmatlarini taqdim etishmoqda.

Ta’kidlash joizki, moliya muassasasi zamonaviy bank standartlariga to‘liq javob beradi. Elektron navbat, valyuta ayirboshlash shoxobchalari, tun-u kun ishlaydigan bankomatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Qadrli mijozlar! Sizlarni ushbu filialimizda ko‘rishdan mamnunmiz!

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 503
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech