“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki MasterCard bilan hamkorlikda 2023-yil noyabr oyida “Trastbank bilan birga boʻling va sovgʻaga ega boʻling” aksiyasiga start bergan edi. “Next” savdo markazida “Trastbankning” 30 yillik yubileyi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida ushbu Aksiyaning sovrindorlari va bosh sovrin – “Chevrolet Tracker” avtomobili gʻolibi aniqlangandi.
Tasodifiy (random) tanlash yo‘li bilan amalga oshirilgan yutuqli o‘yin natijalariga ko‘ra, ko‘plab qimmatbaho yutuq egalarining nomlari aniqlanib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali jonli efirda e’lon qilingandi. Xususan, Bankning “Darxon” bank xizmatlari ofisi mijozi, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi hamyurtimiz Viktoriya Agutina “Chevrolet Tracker” avtomobili sohibasiga aylangandi.Bugun Bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Z.Kurganov tomonidan Viktoriya Agutinaga mazkur “Chevrolet Tracker” avtomobili topshirildi.
–15 yildan beri “Trastbank” mijoziman, ko‘p yillar davomida bankning ham yuridik, ham jismoniy shaxslar uchun ko'rsatiladigan xizmatlaridan birdek foydalanib kеlaman. Bu bankni mijozlariga imkon qadar yaqin bo‘lishga, ularga barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratishga g‘amxo‘rlik qiladigan eng ishonchli banklardan biri deb bilaman. Xodimlarining xizmat ko‘rsatish tezkorligi va xushmuomaligini ham alohida ta’kidlashni istardim. To‘g‘risini aytsam, g‘olib bo‘lishimga ishonmagan edim. Avtomobil yutib olish men uchun haqiqiy syurpriz bo‘ldi. Shaxsiy mashinam yo‘q edi, “Chevrolet Tracker” ni juda kerakli tuhfa deb qadrlayman. Bank rahbariyatiga, jonkuyar xodimlariga hamda Aksiya tashabbuskorlariga barcha jarayonlarni ochiq va shaffof tashkillashtirganliklari uchun minnatdorlik bildiraman. Barcha yurtdoshlarimizga “Trastbank”ning xizmatlaridan foydalanishni bemalol tavsiya qila olaman – dedi Viktoriya Agutina.Bosh sovrin sohibasi V.Agutinani g‘alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ham omad va muvaqqiyat yor bo‘lishini tilab qolamiz.