Investitsion imkoniyatlarni kengaytirish va bankning ijobiy imidjini shakllantirish maqsadida “Trastbank” XAB xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratmoqda.
2023 yilning 7 sentabr kuni “Trastbank” XAB Commerzbank vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Germaniya banki tomonidan Markaziy va Sharqiy Yevropa, Turkiya va Markaziy Osiyo moliya institutlari bilan ishlash departamenti direktori janob Ivitsa Langauer hamda Commerzbankning Toshkentdagi vakili Ketevan Antidze ishtirok etdilar.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, korrespondentlik aloqalarini kengaytirish, savdoni moliyalashtirishni rivojlantirish va uzoq muddatli moliyalashtirish uchun liniyalarni jalb qilish, shuningdek, komplaens nazorat talablari – tashkilotdagi nazorat tizimiga rioya qilmaslik, nomutanosiblik xavfi, nazorat organlarining qonuniy talablari va standartlariga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar so‘ngida Commerzbank (Germaniya) vakillari taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi ishlarda omad tiladi.