Hurmatli mijozlar!
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligi tartib-tamoillarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 77-sonli qaroriga asosan tashqi savdo shartnomalarida bir qancha o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, 04, 05, 06, 07, 08, 10, 11, 12, 13, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22 tipdagi shartnomalar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (TSOYAEA) boshqa tipdagi shartnomalarga o‘tkazilishi (01, 02 tipdagi) nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, TSOYAEA tizimi Bojxona qo‘mitasi tasarrufiga o‘tishi sababli (taxminan 2025-yil 19-may sanasidan) www.exim.mift.uz sayti, VED-Kontrakt, AIST kontrakt, E-kontrakt dasturlari orqali tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha amaliyotlar bajarilishi to‘xtatiladi. Barcha amaliyotlar www.contract.customs.uz sayti orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yangi joriy etilayotgan tizim ishlashi bo‘yicha barcha savollarga javoblarni, o‘quv kurslari materiallari, tizim ishlash bo‘yicha kunlik ZOOM o‘quv seminarlari manzillari, yangi tizimda ishlashda kuzatilayotgan muammolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturchilarga yuborish va tizimni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aloqa kanali sifatida tizim dasturchilari tomonidan mijozlar uchun telegram tarmog‘ida alohida guruh tashkil etilgan. Tashqi savdo ishtirokchilari tomonidan tizim bo‘yicha maʼlumotlardan doimiy ravishda xabardor bo‘lish maqsadida telegramda https://t.me/contractcustomsmanzili orqali ushbu guruhga aʼzo bo‘lish so‘raladi.
Hurmat bilan,
“Trastbank” XAB.