Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

GERMANIYANING HELABA LANDESBANK HESSEN-THÜRINGEN DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Yangilangan sana: 27 Yanvar 2023, 15:11
GERMANIYANING HELABA LANDESBANK HESSEN-THÜRINGEN DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
27 Yan 2023

 “Trastbank” XAB xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish doirasida ikki tomonlama hamkorlik, xususan, loyiha va savdoni moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro hisob-kitoblar va g‘aznachilik sohalarida o‘z pozitsiyalarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha jadal ishlar olib bormoqda.

 Olib borilayotgan ishlar doirasida, 2023 yil 27 yanvar kuni Germaniyaning Frankfurt Mayn shahrida “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi Sardor Normuhamedov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari va Helaba Landesbank Hessen-Thüringen banki vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.

 Unda vakillik aloqalari, g‘aznachilik operatsiyalari va savdoni moliyalashtirish kabi sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida barcha boshlangan loyihalarni amaliy amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 Helaba Landesbank Hessen-Thüringen Germaniyaning Frankfurt Maynda moliya markazidagi yetakchi banklardan biri bo‘lib, biznes hajmi 164 milliard yevroni tashkil etadi.

 Bank Germaniyada ham, xorijda ham kompaniyalar, banklar, institutsional investorlar va davlat sektoriga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. Xalqaro miqyosda bank Fransiya, Irlandiya, AQSH va Buyuk Britaniyadagi filiallari va vakolatxonalari, shuningdek, Parij, London, Nyu-York, Madrid, Moskva, Shanxay va Stokgolmdagi vakolatxonalari orqali faoliyat yuritadi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 968
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech