Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Hunarli ayol – oila va jamiyat tayanchi

Yangilangan sana: ...
Hunarli ayol – oila va jamiyat tayanchi
1 Avg 2024

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini kasb-hunarga jalb etish va ularning hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari borasida moliyaviy ko‘mak berilib, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.f2.Xususan, joriy yilning may oyida “Trastbank” XAB va Toshkent shahar ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolangan edi. Unga ko‘ra, moliya muassasi ‘Raqamli” bank xizmatlari ofisi va Markaz tomonidan poytaxtimizdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan bir guruh xotin-qizlar uchun o‘quv kurslari tashkil etildi.f3Qizg‘in davom etayotgan o‘quv jarayonlari har bir ishtirokchilarga alohida taassurot qoldirmoqda. Boisi, tahsil olayotgan ayollar ham nazariy, ham amaliy bilimlarni o‘zlashtirib, o‘rganayotgan hunarlarining mohir ustasi bo‘lishni hamda halol mehnati orqali mo‘maygina daromad topishni maqsad qilib qo‘ygan.f4Ushbu o‘quv kursini muvaqqiyatli tugatib, hunar o‘rgangan bitiruvchi ayollarga o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan guvohnomalar beriladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 587
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech