Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

“IFRS Academy” o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan buxgalterlarga sertifikatlar topshirildi

Yangilangan sana: 26 Iyul 2022, 11:24
“IFRS Academy” o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan buxgalterlarga sertifikatlar topshirildi
25 Jul 2022

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, barcha yirik soliq to‘lovchilar, shu jumladan, tijorat banklari ham o‘zlarining moliyaviy hisobotlarini  xalqaro standartlar talablari asosida amalga oshirishlari qayd etilgan.

IMG_5202.JPG

Albatta, bu borada buxgalterlar va moliyaviy hisobotni tayyorlashga masʼul bo‘lgan xodimlar malakasi va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadga muvofiq.

IMG_5169.JPG

IMG_5203.JPG

Qolaversa, har bir yirik soliq to‘lovchi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘quv kursini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro sertifikatlardan biriga ega bo‘lishi hamda ular yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan taʼminlanishi talab etiladi.

IMG_5199.JPG

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tashabbusi bilan “IFRS Academy” platformasida bepul onlayn o‘quv kursi tashkil etildi.

IMG_5146.JPG

 IMG_5154.JPG

"Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tatbiq etish boshqarmasi xodimlari 2021 yil davomida mazkur o'quv kursida qatnashib, uning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatdi. Boshqarma tashabbusi bilan Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti xodimlari, shuningdek, filiallar bosh buxgalterlarining ham  ushbu o‘quv kursida ishtirok etishlari tashkil etildi.

IMG_5156.JPG

Bugun, 25 iyul kuni ushbu o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan bank xodimlariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

IMG_5151.JPG

Ushbu tadbirda Moliya vazirligining masʼul xodimi I.Sherimbetov va “TrastbankXAB  mutasaddilari ishtirok etib, mazkur kursning ahamiyati hamda uning keyingi bosqichlarida ishtirok etish zaruriyati yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 291
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech