Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Ijro intizomini ta’minlash – samarali faoliyat sari muhim qadam

Yangilangan sana: 28 Iyun 2022, 12:45
Ijro intizomini ta’minlash – samarali faoliyat sari muhim qadam
28 Iyun 2022

Kuni kecha “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Andijon va Namangan filiallarida “Ish boshi tartib va intizomi” tamoyili asosida davra suhbatlari tashkil etildi.

photo_2022-06-28_11-05-08.jpg

Unda Bank apparati direktori S.Bekchanov tomonidan bank tizimida ijro intizomi masalasida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish borasida ma’lumot va ko‘rsatmalar berildi. Qolaversa, kelgusidagi faoliyat davomida mazkur masalaga ustuvor ahamiyat qaratish zarurligi, zotan, ijro intizomini ta’minlash bu samarali faoliyat uchun muhim qadam ekanligi ta’kidlandi.

photo_2022-06-28_11-05-02.jpg

Shuningdek, davra suhbatida “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida hujjatlar bilan ish yuritish va ular ijrosini nazorat qilish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 641
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech