Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Ishonchli va foydali! Namanganda o'tkazilgan seminarda “Trastbank”ning birja savdolari ishtirokchilari va brokerlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlari haqida so‘z yuritildi

Yangilangan sana: 22 Iyul 2022, 18:05
Ishonchli va foydali! Namanganda o'tkazilgan seminarda “Trastbank”ning  birja savdolari ishtirokchilari va brokerlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlari haqida so‘z yuritildi
22 Iyul 2022

– “Trastbank” Tovar-xomashyo birja savdolari ishtirokchilari qanday bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etmoqda?

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Tovar-xomashyo birjasi savdolari ishtirokchilari bo‘lgan korxona, tashkilot va brokerlar uchun bozor va iqtisodiyotni chuqur tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan keng turdagi mahsulot va xizmatlarni taklif etadi.

5X4A9614.JPG

Bank mahsulotlari hamda xizmatlari bilan yaqindan tanishtirish va batafsil ma’lumot berish maqsadida "Trastbank" va O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi mas’ullari tomonidan hududlarda muntazam ravishda seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.
Ulardan biri 20-iyul kuni Namangan shahrida bo‘lib o‘tdi.

5X4A9571.JPG

Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi savdolari ishtirokchilari bo‘lgan korxona, tashkilot va brokerlar uchun qulay shartlarda ishlab chiqilgan “UzEx” tarif rejalari, milliy va xorijiy valyutadagi bank operatsiyalari, shuningdek, birja auksionlarida amalga oshirilayotgan hisob-kitob operatsiyalari samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi xizmatlardan foydalanish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

5X4A9596.JPG

Yangi tarif rejasida xalqaro pul o‘tkazmalari kabi xizmat turlari uchun imtiyozli narxlar nazarda tutilgan. Shuningdek, Bank tomonidan kreditlar va chakana xizmatlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar joriy etilgan.

5X4A9612.JPG 
Qayd etish joizki, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari pasaytirilishi brokerlar uchun ajoyib yangilik bo‘ldi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 719
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech