– “Trastbank” Tovar-xomashyo birja savdolari ishtirokchilari qanday bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etmoqda?
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Tovar-xomashyo birjasi savdolari ishtirokchilari bo‘lgan korxona, tashkilot va brokerlar uchun bozor va iqtisodiyotni chuqur tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan keng turdagi mahsulot va xizmatlarni taklif etadi.
Bank mahsulotlari hamda xizmatlari bilan yaqindan tanishtirish va batafsil ma’lumot berish maqsadida "Trastbank" va O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi mas’ullari tomonidan hududlarda muntazam ravishda seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.
Ulardan biri 20-iyul kuni Namangan shahrida bo‘lib o‘tdi.
Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi savdolari ishtirokchilari bo‘lgan korxona, tashkilot va brokerlar uchun qulay shartlarda ishlab chiqilgan “UzEx” tarif rejalari, milliy va xorijiy valyutadagi bank operatsiyalari, shuningdek, birja auksionlarida amalga oshirilayotgan hisob-kitob operatsiyalari samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi xizmatlardan foydalanish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Yangi tarif rejasida xalqaro pul o‘tkazmalari kabi xizmat turlari uchun imtiyozli narxlar nazarda tutilgan. Shuningdek, Bank tomonidan kreditlar va chakana xizmatlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar joriy etilgan.
Qayd etish joizki, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari pasaytirilishi brokerlar uchun ajoyib yangilik bo‘ldi.