Bugungi kunda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning o‘rta va oliy ta’lim muasssasalarida o‘qishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishsizlikka barham berish dolzarb masala hisoblanadi.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ham hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka hamda hunarmandchilikka keng jalb qilish borasida moliyaviy ko‘mak berilib, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Avval xabar berganimizdek, joriy yilning may oyida “Trastbank” XAB va Toshkent shahar ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolanib, poytaxtimizdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan bir guruh xotin-qizlar uchun o‘quv kurslari tashkil etilgandi. Bugun bolalar uqalovchisi va kosmetologiya kurslarini a’lo natijalar bilan tugatib, “hunarli ayol” nomiga sazovor bo‘lgan bir guruh bitiruvchi xotin-qizlarga o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘z olgan moliya muassasining “Raqamli” bank xizmatlari ofisi mutasaddilari barcha bitiruvchilarni muvaqqiyatli qadam bilan qutladi. Ularning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab, jamiyat ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishlariga va moliyaviy barqarorlikka erishishlariga umid bildirildi. Bitiruvchilarga yuzlanadigan bo‘lsak, bugun barcha ayollarning yuzida o‘zgacha quvonch va cheksiz minnatdorlik hissini ko‘rish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, bitiruvchi ayollarning aksariyati allaqachon turli joylarda faoliyatlarini boshlab yuborgan, ish joylarida mijozlarining, xonadonlarida esa oila a’zolarining, keksa onaxonlarning duosini olishmoqda.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
191