“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlariga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati tasdiqlangan standartlar asosida amalga oshiriladi. BXO, BXM, VASH va “Reception” xodimlarini mijozlarga standartlar asosida xizmat ko‘rsatilishi tashqi marketing kompaniyasi masʼul xodimlari tomonidan “Sirli mijoz” usulida o‘rganib borilishi tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 25–27-noyabr kunlari “Andijon”, “Namangan” va “Farg‘ona” bank xizmatlari ofislarida “Sirli mijoz” usuli asosida o‘tkazilgan navbatdagi o‘rganish natijalari yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi. Unda “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti mas’ullari tomonidan “Sirli mijoz” usuli asosida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha taqdimot qilindi. Amaliy seminar davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xató va kamchiliklar har bir xodim kesimida tahlil etildi. Shuningdek, xizmat sifatini yaxshilash uchun tegishli ko‘rsatmalar berilib, xodimlar tomonidan berilgan barcha savollarga javoblar berildi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
116