Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlandi

Yangilangan sana: 16 Iyun 2022, 18:14
Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlandi
16 Iyun 2022

Sir emaski, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish – moliya muassasalarining rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham ayni shu masalalarga ustuvor ahamiyat qaratib, bir qator tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Награждены сотрудники, оказывающие качественное обслуживание клиентам

IMG_0208.JPG

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari ishlab chiqilgani hamda bu borada maxsus Sotuv kitoblari (Sales book) nashr etilgani, tashqi marketing kompaniyasi tomonidan doimiy tarzda “Sirli mijoz” usuli asosida o‘rganishlar olib borilayotgani va uning natijalari yuzasidan muntazam ravishda o‘quv treninglari o‘tkazib kelinayotgani shular jumlasidandir.

IMG_0345.JPG

IMG_0205.JPG

Bugun, 16-iyun kuni Bank xodimlarining mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida hamda “Trastbank” XAB tashkil topganining 28 yilligi munosabati bilan 2020-2021-yillarda o‘tkazilgan “Sirli mijoz” o‘rganish natijalari bo‘yicha eng yuqori darajada xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlandi.

1257.JPG

IMG_0296.JPG

Turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritganlarga faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

IMG_0362.JPG

IMG_0355.JPG

“Eng yaxshi “Reception” xodimi”

Munira Abdullayeva (Namangan filiali);

Hilola To‘lqinova (Andijon filiali);

“Bank mahsulotlarining eng zo‘r taqdimotchisi”

Ma’murjon Mansurov (Yakkasaroy filiali);

Mariya Trush (Darxon filiali);

“Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida eng sifatli xizmat ko‘rsatgan xodim”

Nafisa Hasanova (Termiz filiali);

Nazokat Ziyayeva (Toshkent filiali);

“Kross-sotuvni amalga oshirgan eng yaxshi xodim”

Faxriddin Tursunov (Qarshi filiali);

Dilafruz Hidoyatova (Yakkasaroy filiali);

“Yuridik shaxslarni kreditlash bo‘yicha eng sifatli xizmat ko‘rsatgan xodim”

Otabek Sharipov (Qarshi filiali);

Hojiakbar Mirahmedov (Yakkasaroy filiali);

“Plastik kartalar bo‘yicha eng sifatli xizmat ko‘rsatgan xodim”

Ilhomjon Nuriddinov (Namangan filiali);

Nodirbek Zakirov (Farg‘ona filiali);

“Bank xizmatlari markazining eng yaxshi xodimi”

Jahongir Qosimov (Andijon filiali);

Muxlisa Baxromova (Amaliyot boshqarmasi);

“Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha eng sifatli xizmat ko‘rsatgan xodim”

Sitora Ismailova (Darxon filiali);

Erkinoy Sagayeva (Jizzax filiali);

“Chakana bank xizmatlari bo‘yicha eng sifatli xizmat ko‘rsatgan xodim”

Aziza Sharipova (Samarqand filiali);

Saidobid Boltaboyev  (Namangan filiali);

“Eng xushmuomala xodim”

Shahlo Hoshimova (Amaliyot boshqarmasi);

Erkin Norqulov (Termiz filiali).

IMG_0287.JPG

IMG_0309.JPG

Shu o‘rinda “Sirli mijoz” tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda yuqori natijalarni qayd etgan Bankning ushbu xodimlarini muborakbod etamiz. 

IMG_0231.JPG

IMG_0221.JPG

Ularning kelgusidagi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 732
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech