“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Amaliyot boshqarmasi va filiallari xodimlarining mijozlarga tasdiqlangan standartlar asosida xizmat ko‘rsatilishi “Sirli mijoz” usuli asosida muntazam ravishda o‘rganib borish yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, joriy yilning 14-16 hamda 22-25 avgust kunlari Bankning Amaliyot boshqarmasi hamda Jizzax, Samarqand, Buxoro, Termiz va Qarshi filiallari xodimlari uchun “Sirli mijoz” usuli asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan Bosh bankning Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Oybek Do‘stmuhamedov, bo‘lim mutaxassisi Baxodir Zakirov hamda tashqi marketing kompaniyasi rahbari Sh. Zokirov ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
Unda, “Sirli mijoz” usuli asosida o‘rganish natijalarida filiallar, bank xizmatlari markazlari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari, “Reception” yo‘nalishlarida faoliyat olib boruvchi xodimlarning mijozlarga o‘rnatilgan standartlar asosida xizmat ko‘rsatishda yo‘lga qo‘yilgan xato va kamchiliklari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek Amaliyot boshqarmasi va filiallar xodimlarining ushbu yo‘nalishdagi malakalarini yanada oshirish maqsadida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari bo‘yicha bank amaliyotida yuzaga keladigan ijobiy va salbiy misollar asosida tasvirga olingan ta’limiy videodarslik namoyish etildi. Amaliy seminar yakunida bank xodimlarining barcha qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati “Sirli mijoz” usuli asosida doimiy ravishda o‘tkazib borilishi ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yanada yaxshilash hamda mijozlarning bankka nisbatan sodiqligini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega.