Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Mijozlarga yuqori darajada xizmat ko'rsatish – bankning samarali faoliyati uchun muhim omil

Yangilangan sana: 20 Iyun 2022, 12:02
Mijozlarga yuqori darajada xizmat ko'rsatish – bankning samarali faoliyati uchun muhim omil
18 Iyun 2022

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 2019-yilda “Mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlari” tasdiqlanib, har chorakda “Sirli mijoz” usuli asosida barcha filiallar, Bank xizmatlari markazlari va Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlariga rioya etilishi oʻrganib borilishi yoʻlga qoʻyildi. Qolaversa, “Mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlari” asosida barcha bank mahsulotlari va xizmatlari boʻyicha “Sotuv kitoblari” (Sales book) nashr etildi.

Picsart_22-06-20_06-42-06-004.jpg

Kuni kecha “Trastbank” XAB Buxoro filiali xodimlari uchun mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlariga oʻqitish boʻyicha amaliy trening oʻtkazildi.  Unda “Mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlari” mavzusida taqdimotlar qilindi. 

Picsart_22-06-20_06-44-52-389.jpg

Bundan tashqari, filial xodimlari mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlari boʻyicha nazariy bilim va amaliy qoʻnikmalarga ega boʻlishdi hamda oʻzlarining qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi. 

Picsart_22-06-20_06-43-54-030.jpg

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Bank filiallarida mijozlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining doimiy ravishda oshirib borilishi, ularning samarali faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 624
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech