27-iyul kuni Bankning Instagramdagi sahifasida jonli efir orqali “Trastbank” bankomatlaridan foydalaning va sovg‘alarga ega bo‘ling” aksiyasining sakkizinchi bosqichi sovrindorlari aniqlandi.
Aksiya ishtirokchisi bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan emissiya qilingan bank plastik kartalari (Humo, Uzcard) egalari “Trastbank” bankomatlaridan birida kamida 500 000 so‘m miqdoridagi naqd pul yechib olishlari zarur.
So‘ngra quyidagi sovg‘alardan biriga ega bo‘lish mumkin: “Samsung” 32 dyuymli televizori, “Samsung TAB A7” plansheti va “Samsung A22” smartfoni.
Mazkur Aksiyaning sakkizinchi bosqichi g‘oliblari bilan tanishing:
“Samsung” 32 dyuymli televizori
Shaimardon Sarimsoqov — Bektemir;
“Samsung TAB A7” plansheti
Ra’no Danayeva — Jizzax;
“Samsung A22” smartfoni
Nigina Xashbakova — Termiz.
Shu o‘rinda, sovrindorlarni tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Shoshiling! Aksiya joriy yil so‘ggiga qadar davom etadi. Siz ham g‘oliblar safida bo‘lishingiz mumkin.