Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida “Trastbank” tomonidan birja savdolari ishtirokchilari uchun taqdim etilayotgan bank mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risida amaliy seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: 8 Iyun 2022, 13:52
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida “Trastbank” tomonidan birja savdolari ishtirokchilari uchun taqdim etilayotgan bank mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risida amaliy seminar o‘tkazildi
8 Jun 2022

“Trastbank” birja savdolari ishtirokchilari uchun qanday kredit mahsulotlarini taqdim etmoqda? Ularning foiz stavkalari pastmi? Personal menejer xizmati mavjudmi? “O‘xRTXB” AJ brokerlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga qulay shartlarda mikroqarz va avtokreditlar beriladimi?

IMG_7969.JPG

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi savdosi ishtirokchilari va brokerlarining shu kabi savollariga “Trastbank” tomonidan yaratilgan qulay bank mahsulotlari va xizmatlari” mavzusida o‘tkazilgan amaliy seminarda batafsil javob berildi.

IMG_7999.JPG

Seminarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi mas’ullari, birja savdosi ishtirokchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda brokerlar, qolaversa, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

IMG_8210.JPG

IMG_8153.JPG

         Qizg‘in savol-javob tarzida o‘tkazilgan ushbu seminarda birja savdosi bitimlarini maxsus shartlarda kreditlash, personal menejer xizmati, banklararo to‘lovlar o‘tkazish vaqti tugaganidan so‘ng ham pul o‘tkazish imkoniyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

IMG_8171.JPG

IMG_8219.JPG

Qolaversa, “UzEx” tarif rejalari, biznes va avtokredit hamda chakana kredit mahsulotlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

IMG_8145.JPG

Bundan tashqari, birja savdolari boʻyicha amalga oshiriladigan hisob-kitob operatsiyalari operativligi va qulayligini oshirishga doir ishlab chiqilgan yangi xizmatlardan foydalanish tartib-taomillari tushuntirildi.

IMG_8253.JPG

IMG_8229.JPG

Shuningdek, birja savdolari ishtirokchilari va brokerlarining bank mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risida qiziqtirgan savollariga “Trastbank” mas’ullari tomonidan atroflicha javob berildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 577
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech