Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Qonun qabul qilindi. U bilan qanday o‘zgartirishlar kiritilmoqda?

Yangilangan sana: ...
Qonun qabul qilindi. U bilan qanday o‘zgartirishlar kiritilmoqda?
12 Mar 2025

 Yaqinda “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, bankdagi har bir omonatchining omonatga qo‘ygan mablag‘lari 200 mln so‘mgacha qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlanadi.

 Umuman olganda, mazkur Qonun bilan yana qanday o‘zgartirishlar kiritildi? Omonat miqdori 200 mln so‘mdan oshsa uning qaytarilishini kim kafolatlaydi? Shu kabi savollarga “Trastbank” XAB Pul muomalasi va kassa ishini tashkil etish departamenti direktori Kamoliddin Murtazayev javob beradi.

– Mazkur hujjat bilan bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, omonat miqdori 200 mln so‘m bo‘lsa to‘liq kafolatlanadi. Soddaroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak, agar omonatlar bir nechta banklarga joylashtirilsa, unda har bir bankdagi 200 mln so‘m Kafolatlash fondi tomonidan to‘lab beriladi. 200 mln so‘mdan oshgan miqdorni har bir bank o‘zi to‘lab beradi.

Yangi Qonun talablari u kuchga kirgandan keyin tijorat bankiga qo‘yilgan yangi omonatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Unga qadar esa bankka qo‘ygan muddatli yoki jamg‘arma omonatlar miqdoridan qat’iy nazar to‘liq kafolatlanadi.

– Kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya qanday hollarda to‘lanadi?

– Kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya faqat bank tugatilgan taqdirda to‘lanadi. Boshqa hollarda banklar omonat shartnomalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etadilar.

– Kafolatlangan omonatlar uchun kompensatsiyani kim to‘laydi?

– Banklarga qo‘yilgan omonatlar summalari kompensatsiyalari banklardagi omonatlarni himoya qilishni kafolatlash sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblangan Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan to‘lanadi.

– Agar omonat miqdori 200 mln so‘mdan oshsa nima bo‘ladi?

– Ushbu kompensatsiya limitni belgilash banklarni fuqarolar oldidagi javobgarligidan ozod etmaydi. Ular o‘z aktivlari va mol-mulki bilan mijozlar oldida javobgar bo‘lishda davom etadilar. Ya’ni omonat summasining 200 mln so‘mi Kafolat agentligi tomonidan qoplanadi. Qolgan qismini esa omonatchi omonatni qo‘ygan bankdan talab qilib olishi mumkin.

Chet el valyutasida kafolatlangan omonat uchun kompensatsiya qanday to‘lanadi?

– Chet el valyutasidagi kafolatlangan omonat bo‘yicha kompensatsiya summasi Markaziy bankning kafolatlash hodisasi yuzaga kelgan sanadagi kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi.

– Kompensatsiya qancha muddat ichida to‘lanadi?

– Omonatchilarga kompensatsiya to‘lash muddatlari o‘zgardi. Avval omonat kompensatsiyasini qaytarish muddati 83 kun edi. Hozir esa 20 ish kunigacha qisqartirildi va bu bosqichma-bosqich 7 ish kunigacha qisqartiriladi. Ya’ni omonat kompensatsiyasini qaytarish uchun Agentlikka ko‘pi bilan 20 ish kuni beriladi, ammo zarur shartlar asosida to‘lovlar muddatidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin.

– Omonatlarni kafolatlash nima uchun zarur va nega belgilangan limitlarni o‘rnatish muhim?

– Bunda bir nechta omillarni sanab o‘tish zarur. Avvalo, bank tugatilgan hollarda omonatchilarni himoya qilish maqsadida ularni omonat mablag‘lari kompensatsiyasini qaytarib olishlari kafolatlanadi. Qolaversa, omonatchilar o‘z malag‘larini omonatga qo‘yish uchun banklarni tanlashda faqat yuqori foizlarga emas, balki banklarning moliyaviy barqarorligini baholagan holda tanlashlari kerak. Bu esa o‘z navbatida banklarni yuqori foiz stavkalari orqali emas, balki barqaror faoliyat yuritishga erishish orqali raqobatlashishga undaydi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 285
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech