Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“RAIFFEISEN BANK INTERNATIONAL AG (RBI)" VA “AVSTRIYA NAZORAT BANKI (OeKB)” DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Yangilangan sana: ...
“RAIFFEISEN BANK INTERNATIONAL AG (RBI)" VA “AVSTRIYA NAZORAT BANKI (OeKB)” DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
20 Noy 2023

Investitsion imkoniyatlarning o‘sishi va bankning ijobiy imijini shakllantirishni ta’minlash maqsadida “Trastbank” XAB xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

2023-yilning 15-17-noyabr kunlari Vena shahrida (Avstriya) “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Raiffeisen Bank International AG (RBI)” va “Avstriya nazorat banki (OeKB)” vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Muzokaralar davomida bank-moliya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qolaversa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish liniyalarini jalb qilish bo‘yicha yangi mahsulotni joriy etish masalalari muhokama qilindi. 

Ta’kidlash joizki, bu “Avstriya nazorat banki (OeKB)” koʻmagida “Raiffeisen Bank International AG (RBI)”ning Oʻzbekiston xususiy banklari uchun yangi mahsulotidir. Ularni joriy etish orqali yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi, eksportga yo‘naltirilgan, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi ta’minlanadi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, “Raiffeisen Bank International AG” Avstriya hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa bozoridagi yetakchi korporativ va investitsiya bankidir.  “Raiffeisen Bank International AG” sho‘balari mintaqaning 13 ta mamlakatida faoliyat yuritadi. Bank aksiyalari 2005 yildan beri Vena fond birjasida kotirovka qilinadi. “Raiffeisen Bank International AG” umumiy balansi 192 milliard yevro bo‘lgan Avstriyadagi ikkinchi yirik bankdir.

1946-yilda Vena shahrida tashkil etilgan Avstriya nazorat banki eksportni moliyalashtirish va imtiyozli kredit liniyalarini taqdim qiluvchi davlat tuzilmasi hisoblanadi. “OeKB” aksiyadorlari Avstriyada ro‘yxatdan o‘tgan tijorat banklari hisoblanadi. Avstriya Moliya vazirligi bilan birgalikda “OeKB” ijtimoiy sohadagi loyihalar uchun “soft-louns’ ham taqdim etadi. Hozirda bankning jami aktivlari 33,4 milliard yevrodan ortiqni tashkil qiladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 110
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech