“Bankir kundaligi” telegram kanalida “Trastbank” XABning Farg‘ona filiali xodimlari va rahbariyati Bankning yon hududida joylashgan 4 ta ko‘p qavatli uyning hovlisiga kirib chiqish yo‘lagini to‘sib qo‘ygan” mazmunidagi murojaat eʼlon qilingan.
Shuni maʼlum qilamizki, bugungi kunda “Trastbank” XABning Farg‘ona filiali mijozlari va bank xodimlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, avtoturargohga joy ajratilgan va chiqindilarga mo‘ljallangan maxsus qutilar o‘rnatilgan.
Shuningdek, murojaatda ko‘rsatilganidek, umumiy foydalanishda bo‘lgan yo‘ldagi to‘siq (шлагбаум) mazkur hududda yashovchi aholi tomonidan qo‘yilgan hamda Bank xodimlari va mijozlari yo‘lga egalik qilmagan.