Bugun, 2-avgust kuni “Jamoat nazorati” telegram kanalida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi bozor hududida joylashgan bir qator, xususan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Farg‘ona” BXO tasarrufidagi bankomat ishlamayotganligi yuzasidan murojaat e’lon qilingan.
Ayrim texnik sabablarga ko‘ra bankomat ma’lum muddat ish faoliyatida bo‘lmagan. Hozirda mazkur muammo bartaraf etilgan va mijozlar bankomatlarimizdan hech qanday to‘siqlarsiz foydalanishmoqda.Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun so‘raymiz.