“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli “Bojxona boshqaruvi tartib-qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning me’yoriy-huquqiy asoslaridagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, 2025-yilga tasdiqlangan Biznes-rejaning bajarilishi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, bank xizmatlarining sifati va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Qolaversa, “Tovar xatarlarini xejlash” mavzusida ma’ruza qilindi.
Shuningdek, seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
94