Xabaringiz bor, yaqinda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “MasterCard” bilan hamkorlikda o‘tkazgan “Trastbank bilan birga boʻling va sovgʻaga ega boʻling” aksiyasining g‘oliblari aniqlangan edi. Natijalarga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar aksiya sovrindorlariga aylanishdi:
“Samsung” 32 dyuymli televizoriSarvarbek Jo‘raboyev — Amaliyot boshqarmasi;
Sardor Latipov — Amaliyot Boshqarmasi;
Isroil Duranov — Qarshi;
Madina Abidova — Farg‘ona.
“Samsung Galaxy” uyali aloqa telefoni;Natalya Piryazeva — Amaliyot Boshqarmasi;
Zafarjon Kamolov — Amaliyot Boshqarmasi;
Dilshod Radjabov — Amaliyot Boshqarmasi;
Ma'mura Bababekova — Jizzax.“Samsung” kir yuvish mashinasi Dilbar Qarshiboyeva — Jizzax;
Nasiba Asronova — Namangan;
Baxodur Raximov — Samarqand;
Sarvar Jalolov — Amaliyot Boshqarmasi.
Turkiyaga sayohat uchun ikki kishilik yoʻllanma
Nematilla Xalikulov — Bektemir.
Bosh sovrin – “Chevrolet Tracker” avtomobili
Viktoriya Agutina — Darxon.
Shu kunlarda esa sovrinlar o‘z egalariga topshirilmoqda. Hozirga qadar Amaliyot Boshqarmasi va hududlardagi bir qator bank xizmatlari ofislarining mijozlari mamnuniyat bilan yutuqli o‘yin davomida qo‘lga kiritgan tuhfalarini qabul qilib olishdi.
Aksiya g‘oliblariga sovg‘alarini yetkazib berish davom ettirilmoqda.