“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisi tarkibiy tuzilmalarida tayinlovlar amalga oshirildi.
Xususan, Bankning Kreditlash departamenti direktori o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Doniyor Akramov “Trastbank” XAB Raqamli transformatsiya va innovatsion rivojlanish departamenti direktori etib tayinlandi.Bundan tashqari, Bekzod Shamsiyev “Trastbank” XAB Kiberxavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Shu kunga qadar u Bank xavfsizligi departamenti Axborot xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.